Boshlang'ich kurs · 10 modul

Marketingni noldan, oddiy tilda o'rganing

Mijozingiz kimligini, unga nima deyishni va qayerda ko'rinishni bilib olasiz. Har dars qisqa, animatsiya bilan tushuntiriladi, oxirida esa o'z biznesingizda ishlatadigan natija bo'ladi.

Ro'yxatdan o'tish shart emas: video shu sahifada.

10modul, har biri aniq natija bilan
42qisqa amaliy dars
4 daqo'rtacha bitta dars
Bepul dars · 1.1

Marketing nima va u reklama emas

  • Bir ko'chadagi ikki non do'koni misolida
  • Marketingning uchta savoli: kim, nima, qayerda va qachon
  • Reklamadan farqi va ikki keng tarqalgan afsona
Kursga yozilish

Telegram bot ochiladi, «Start» ni bosing.

Kurs nima beradi

Marketing bilan ishingiz qanday o'zgaradi

Kursgacha
  • Post yozasiz, lekin hech kim yozmaydi
  • Reklamaga pul ketadi, mijoz kelmaydi
  • Kimga sotayotganingiz noaniq
  • Raqobatchidan nimasi bilan farq qilishingizni aytolmaysiz
Kursdan keyin
  • Har post bitta aniq harakatga chaqiradi
  • Reklamani kichik byudjetda sinab ko'rasiz
  • Ideal mijozingiz bir sahifada yozilgan
  • Bir jumlada qiymat taklifingizni aytasiz
Dastur

10 modul, 10 ta natija

Har modul o'z biznesingiz asosida bajariladigan amaliy natija bilan tugaydi. Kurs oxirida bir sahifalik marketing rejangiz tayyor bo'ladi.

01 · 3 dars

Marketing nima

Natija: bitta aniq va o'lchanadigan marketing maqsadi

02 · 4 dars

Auditoriya

Natija: ideal mijoz portreti

03 · 4 dars

Mahsulot va taklif

Natija: rad etib bo'lmaydigan taklif matni

04 · 3 dars

Bozor va raqobatchilar

Natija: raqobat jadvali va "biz kim" jumlasi

05 · 5 dars

Sotuv voronkasi

Natija: 4 qadamli voronka sxemasi

06 · 6 dars

Kontent va SMM

Natija: 2 haftalik kontent reja va 5 ta post

07 · 5 dars

Reklama asoslari

Natija: kichik byudjetli test reklama rejasi

08 · 4 dars

Sotuv va mijoz bilan ishlash

Natija: yozishma uchun sotuv skripti

09 · 4 dars

Raqamlar

Natija: oylik marketing hisobot jadvali

10 · 4 dars

Yakuniy loyiha

Natija: marketing reja, 30 kunlik ish rejasi va sertifikat

Qanday o'qiladi

Qiynalmasdan o'qish uchun qurilgan

Qisqa animatsion darslar

Har tushuncha animatsiya va o'zbek bozoridan hayotiy misol bilan ochiladi.

Har darsga konspekt

Asosiy fikrlar, tayyor shablonlar va lug'at bitta sahifada.

AI yordamchi

Tushunmagan joyingizni so'raysiz, yordamchi darsning o'zidan javob beradi.

Uy vazifasi tekshiruvi

Vazifani yuborasiz, bir necha soniyada har band bo'yicha izoh olasiz.

Sadriddin Abdurahimov studiyada
Kurs muallifi

Sadriddin Abdurahimov

Marketolog. Bizneslar uchun marketing tizimlarini quradi va o'rgatadi.

«Marketing murakkab fan emas. Uni oddiy tilda, real misollar bilan tushuntirsa, har kim o'z biznesida qo'llay oladi.»
Sadriddin
Savollar

Ko'p beriladigan savollar

Kurs kimlar uchun?

Marketingni noldan o'rganmoqchi bo'lganlar uchun: kichik biznes egalari, SMM'ga endi kirayotganlar, talabalar va o'z mahsulotini sotmoqchi bo'lganlar. Oldindan bilim talab qilinmaydi.

Darslar qanday ko'riladi?

Kurs dars.marketingilmi.uz platformasida. Telegram orqali kirasiz, parol kerak emas. Telefonda ham, noutbukda ham qulay.

Bitta dars qancha davom etadi?

O'rtacha 4–7 daqiqa. Har darsga konspekt va qisqa test bor, ko'pchilik darslarda amaliy uy vazifasi ham bor.

Tushunmasam kimdan so'rayman?

Har dars ostida AI yordamchi bor: u darsning o'zidan javob beradi. Murakkab savollarni ustozga yozishingiz mumkin.

Sertifikat beriladimi?

Ha. Barcha darslar va yakuniy loyiha qabul qilingach, ismingiz yozilgan sertifikatni yuklab olasiz.

Qanday yozilaman?

Telegram botga yozing: tarif va to'lov haqida u yerda aytamiz. To'lovdan keyin kirish kodi beriladi va kurs kabinetingizda ochiladi.

Bugun boshlang

Birinchi darsdan marketingni boshqacha ko'rasiz

Bepul darsni ko'ring, keyin botga yozing: kurs va tariflar haqida batafsil aytib beramiz.

Telegram botga o'tish